Joriy yilning 1 iyul kuni 13 yashar bola uyidan chiqib, ketib qaytib kelmagan.
Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berib, bolaning qidiruvida ko`mak so`ramoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2009 yilda tug`ilgan Muxammadsodiqov Shoximardon Xurshid o`g`li, 2022 yilning 1 iyul kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurobod MFYdagi uyidan chiqib ketgan.
"Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxsning turar joylari to`g`risida ma`lumot bo`lsa, eng yaqin ichki ishlar bo`limiga, “102” yoki 71-233-71-47, 71-281-92-54 raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun:
Belgilari: ozg`indan kelgan, sochi va ko`zlari qora.
Kiyimlari: boshida to`q rangdagi kepka, egnida qora yozuvli futbolka, o`zi bilan ryukzak olib yuradi, oyog`iga shippak kiygan.






