2022 yilgi 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi 10-18 iyul kunlari Armaniston davlatida o`tkazildi. Bunda dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o`quvchi qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Terma jamoamiz tarkibi:
Aziza Abduvalieva - Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyi o`quvchisi;
Azizbek Muxtorov - Jizzax davlat pedagogika instituti akademik liseyi o`quvchisi;
Bexruz Tursunov - Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani 142-IDUM o`quvchisi;
G`olibjon Sharifov -Buxoro viloyati Kogon tumani 3-maktab 9-sinf o`quvchisi.
Eslatib o`tamiz, mamlakatimiz terma jamoasi vakillari ushbu olimpiadada 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda hamda hozirgi kunga qadar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza medallarini qo`lga kiritgan.






