Qashqadaryoda mast erkak mushukni ayovsiz kaltaklab, devorga uloqtirib yuborgani haqida xabar tarqalgandi. Viloyat IIB ma`lum qilishicha, ushbu shaxs ushlanib, javobgarlikka tortilgan.
2022 yil 4 iyul kuni soat 08:30 larda Chiroqchi tumani Obod MFYda yashovchi voyaga etmagan 2006 yilda tug`ilgan A.M. Ko`kdala tumani “Xo`jaobod” mahallasida yashovchi amakisi A.A.ni uyiga mehmonga borib, xonadon egasiga tegishli bo`lgan uy mushugiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lgan.
Ma`muriy huquqbuzarlik sodir qilgan A.M. voyaga etmaganligi sababli uning otasi H.A.ga nisbatan Chiroqchi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.






