AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 18 yoshga to`lganlarga 789 ming so`mdan pul berilyaptimi?

'O`zbekistonda 18 yoshga to`lganlarga 789 ming so`mdan pul berilyaptimi?'ning rasmi

Ushbu xabarga, Soxta axborotlarga raddiyalar uchun rasmiy telegram kanal aniqlik kiritdi. 

Unga ko`ra, Telegram messenjeridagi guruhlarda «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi» nomi ostida ochilgan soxta akkaunt nomidan 18 yoshga to`lgan har bir fuqaroga 789 000 so`mdan bir martalik to`lov to`lanishi aytilgan ma`lumotlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg`on va haqiqatga mos kelmaydi.

«Eslatib o`tamiz, aholi o`rtasida yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud», deyilgan munosabatda.

    Boshqa yangiliklar