"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, kunduzi harorat 32-37° atrofida bo`ladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi 33-35° bo`lgan harorat saqlanib turadi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.






