Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, joriy yilning o`tgan olti oyi davomida Toshkent shahar “103” xizmatiga tug`uruq va homiladorlik patologiyalari bo`yicha jami 21 ming 143 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 38-40 haftalik homiladorlik davrida bo`lgan 2342 nafar ayol tug`uruq uchun murojaat qilgan. Qolaversa, tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining bevosita sa`y-harakati tufayli 25 nafar homilador ayol o`z uyida farzandli bo`lgan.
"Kutilmaganda boshlangan tug`uruq va yana boshqa omillar sababli esa 3 nafar ona chaqalog`ini “Tez yordam” mashinasida dunyoga keltirgan. Eng muhimi, “103” brigadalarining tezkor amalga oshirgan tibbiy yordami tufayli ushbu tug`uruq jarayonlarining barchasi muvaffaqiyatli va hech qanday asoratlarsiz kechgan. Qayd etish kerak, O`zbekiston “Tez yordam” xizmati xodimlari ana shunday favqulodda tug`uruq jarayonlarining muvaffaqiyatli kechishi hamda ona va bola salomatligini asrash uchun zarur bilim va malakaga ega",-deyiladi vazirlik xabarida.
Ma`lumot o`rnida, 2022 yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahar "Tez yordam" xizmatiga jami 622 ming 578 ta chaqiriq kelib tushgan.






