Koronavirus infeksiyasi aholi orasida keng tarqalishining oldini olish va uning asoratlarini yanada kamaytirish maqsadida Toshkentning 12 tumanida COVID-19ga ixtisoslashtirilgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta tashkil etilgandi.
Toshkentdagi maxsus COVID poliklinikalar dam olish kunlarida ham uzluksiz ishlamoqda. Ayni damda Sog`liqni saqlash vazirligi bergan xabarga ko`ra, mazkur poliklinikalar dam olish kunlarida ham uzluksiz ishlamoqda.
"Xastalikni erta bosqichlarda aniqlash, bemorlarga o`z vaqtida tashxis qo`yish hamda zarur davo muolajalarini olib borishga mo`ljallangan ushbu tibbiyot muassasalari bayram va qo`shimcha dam olish kunlarida ham 24 soat davomida uzluksiz faoliyat olib bormoqda",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, poliklinikalar quyidagi manzillarda joylashgan:
Bektemir tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikasi:6
Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy.
5-sonli Ftiziatriya dispanseri :
Mirobod tumani, 8-mart ko`chasi, 58-uy.
23-son oilaviy polikinika “Birlik” filiali:
Uchtepa tumani, Chakmoniy ko`chasi, 14-a uy.
1-son Ftiziatriya dispanseri:
Mirzo Ulug`bek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15-a uy.
58-son oilaviy poliklinika:
Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko`chasi, 44-uy.
11-son oilaviy poliklinika:
Sergeli tumani, Choshtepa ko`chasi, 147-uy.
3-son Ftiziatriya dispanseri:
Olmazor tumani, Usta Shirin ko`chasi, 1-berk, 3-uy.
Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi:
Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon.
4-son ftiziatriya dispanseri:
Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yo`li, 6-uy.
42-son oilaviy poliklinika:
Shayxontohur tumani, Taxtapul ko`chasi, 14-a uy.
2-son ftiziatriya dispanseri:
Yashnobod tumani, Murg`ob ko`chasi, 93-uy.
Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri:
Yangihayot tumani, Yo`ldosh 7, 23-uy.
Eslatib o`tamiz, mazkur muassasalarda koronavirusni aniqlash bo`yicha ekspress va PZR-test olish, birinchi yordam ko`rsatish, rentgen tekshiruvlarini o`tkazish, kasallikning og`ir darajalari qayd etilgan bemorlarni tez yordam mashinalari orqali koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarga etkazish kabi imkoniyatlar mavjud.
Dilbar Abdunabieva.






