Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro`yxatdan o`tishda abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida saytning mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda DTM Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur mobil ilova orqali oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga yo`nalishlariga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tish va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilinayotgan yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.
Mobil ilova “Android” operasion tizimida ishlovchi telefonlarga mo`ljallangan bo`lib, undan 3 xil tilda — o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida foydalanish imkoniyati mavjud.
Mobil ilova “Google Play” paltformasiga joylashtirilgan bo`lib, quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=www.my_dtm.uz






