AsosiyJamiyat

Xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda Qaroqalpog`iston voqealari bo`yicha provokasion ruhdagi videoxabarlar tarqalmoqda

'Xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda Qaroqalpog`iston voqealari bo`yicha provokasion ruhdagi videoxabarlar tarqalmoqda'ning rasmi

Xorijiy davlatlarning ayrim ijtimoiy tarmoqlarida Qoraqalpog`istonda bo`lib o`tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan turli xil yolg`on ma`lumotlar tarqatilishi davom etmoqda.

Xususan, fuqarolar tomonidan tartibsizliklar sodir bo`lgan joylardan o`q otar qurollardan otilgan gilzalar topilgani aks etgan videotasvirlar tarqatilgan. Unda “tinch namoyishlar chog`ida, tinch aholini o`ldirgan o`q dorilardan qolgan gilzalar” degan xabar tarqatilgan. Biroq bu videotasvirda hech qanday o`lganlar ko`rsatilmagan.

Milliy gvardiya Matbuot xizmatining xabar berishicha, faqat olomonni tarqatish va tartibsizliklarni bostirish uchun maxsus vositalar – yorug`lik, shovqin va tutun ishlatilgan. Aniqlik kiritilishicha, pirotexnika vositalari bilan to`ldirilgan patronlarning o`qlari maxsus 4 o`qli qo`shimchali Kalashnikov avtomatdan otiladi. 

" – Albatta bunday maxsus vositalarni qo`llash uchun avtomatga paxtovon o`qlar joylanadi. Olamonni tarqatish uchun ishlatilgan bu kabi maxsus vositalar qoldiqlarini topib olgan ayrim fuqarolar provokasion ruhdagi videoxabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni maqsad qilishgan. Biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bunday vaziyatlarda qurollardan foydalanishi uchun qonuniy asoslari mavjud", – deyiladi Milliy gvardiya munosabatida.

 

    Boshqa yangiliklar