AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik abiturientlar uchun qabul muddati uzaytiriladi

'Qoraqalpog`istonlik abiturientlar uchun qabul muddati uzaytiriladi'ning rasmi

Bugun OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlari hamda akademik liseylarga qabulning so`nggi kuni.

️2022/2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish jarayonlari 20 iyul kuniga qadar davom etadi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda Qoraqalpog`iston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.  

"️ – Ammo xavotirga o`rin yo`q.  ️Bu jarayon hukumat tomonidan to`liq nazoratga olingan bo`lib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpog`istonlik yoshlar uchun onlayn ro`yxatdan o`tish muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Ushbu masala tez orada ijobiy echimini topadi va bu haqidagi ma`lumot qoraqalpog`istonlik abiturientlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali etkaziladi", – deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar