AsosiyJinoyat

Jizzaxda ikki o`smir "Spark" haydovchisini bo`g`ib o`ldirib, mashinani yoqib yubordi (video)

'Jizzaxda ikki o`smir "Spark" haydovchisini bo`g`ib o`ldirib, mashinani yoqib yubordi (video)'ning rasmi

Jizzaxning Mirzacho`l tumani "Toshkent" qishloq fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi kanaldan yoshi 35 yoshlarda bo`lgan erkak kishining jasadi topilgan.

Holat bo`yicha o`tkazilgan surishturuv natijalariga ko`ra, jasad egasi Toshkent shahri Mirobod tumanida yashashi aniqlangan. Joriy yilning 4 iyul kuni  marhumga tegishli mashina to`liq yongan holda topiladi. 

Tezkor tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Paxtakor tumani Do`stlik mahallasida yashovchi 2004 yilda tug`ilgan va Arnasoy tumani Cho`lquvar mahallasida yashovchi 2005 yilda tug`ilgan kasb-hunar ta`limi maskani o`quvchisi  sodir etgani aniqlanadi. 

Gumonlanuvchilar Toshkent shahrida "moyka"da ishlashadi. "Moyka"chilar haydovchi bilan 200 ming so`mga yashash manzillariga etkazib qo`yishiga kelishadilar. Sirdaryo viloyati hududida ketishyotganlarida yo`lovchilar bir-birlari bilan SMS orqali haydovchini o`ldirishga kelishadilar va uni bug`ib o`ldirishadi. Shundan so`ng haydovchining jasadini kanalga tashlab "qutilishadi". Keyin mashinaning davlat raqamini o`zgartirib, o`zlashtirib olish maqsadlari puchga chiqqach, uni ham  Forish tumanidagi  Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi hududiga olib kelib yoqib yuborishadi.

    Boshqa yangiliklar