Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik sayyohlar tomonidan suratga olingan Qirg`iziston tog`larida sodir bo`lgan muz ko`chish hodisasining videosi tarqaldi.
O`zbekistonlik gidrometrologning ma`lum qilishicha, hodisa 8 iyul kuni Qirg`iziston baland tog`liklarida ro`y bergan. Qorako`ldan 70 km uzoqda Issiqko`l tog`ligi Jukuu darasida sodir bo`ldi. Xavfli hodisa 10 ga yaqin xorijiy sayyoh ko`z o`ngida yuz bergan. Bir nafar sayyoh oyog`idan lat egan. Qolganlar hodisadan jabrlanmagan.
" – O`zbekistonda muzliklar ancha kam va hozir bu muzliklarga sayyoh va dam oluvchilar muntazam chiqa olmaydi. Va muzliklar mavjud hududlarda hech qanday mobil aloqa tizimi mavjud emas.
Shunga qaramay, oxirgi yillar Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani ''Barqroq'', ''Tekesh'' hamda ''Paxtakor'' muzliklariga qatnov ko`paygan", – deydi mutaxassis.






