Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zomin tuman bo`limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.K. boshqa bir fuqaro F.ni Jizzax Politexnika institutiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda.
Shu kabi, Oltinko`l tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro J.X. o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, fuqaro D.ni Qirg`iziston Respublikasidagi oliy o`quv yurtiga o`qishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali o`qishini O`zbekistondagi oliy o`quv yurtiga ko`chirib berishi evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






