«Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 10 iyul kuni tushdan keyin Arakchino yaqinidagi Volga daryosida sayr qiluvchi qayiq cho`kib ketdi. Yo`lovchilar zudlik bilan qayiqlar yordamida qutqarib olindi», — deyiladi Tergov qo`mitasining Transport bo`yicha Markaziy tumanlararo tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabarida, deb yozadi Zamon internet nashri.
Tergovchilar ushbu fakt bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atgan.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, kemadan qutqarilgan 34 nafar yo`lovchining barchasi sog`lom, ular qirg`oqqa olib chiqilgan. Hozirda g`avvoslar cho`kib ketgan kemani tekshirmoqda.