Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro o`rniga kirish va qo`shimcha vositalardan foydalanishning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay yana bir fuqaro qo`lga olindi.
Ro`yxatdan o`tgan fuqaro U.O. o`rniga fuqaro J.T. kirishga uringan vaqtida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.






