“Sanderlend” jamoasi ustozi Sem Ellardays Angliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Angliya futbol assosiasiyasi rasmiy “Tvitter” sahifasida e`lon qildi, deb ma`lum qilmoqda VVS.
61 yoshli mutaxassis mamlakat assosiasiyasi bilan 2 yillik kelishuv tuzdi. Shartnomaga ko`ra, uning yillik maoshi 4 million funt qilib belgilandi.
Eslatib o`tamiz, Evro–2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng Roy Xojson Angliya termasi bosh murabbiyi lavozimidan iste`foga chiqqandi.
Ma`lumot uchun, Sem Ellardays faoliyati davomida “Vest Xem”, “Bolton”, “Nyukasl” va “Blekbern” kabi ingliz klublarida faoliyat olib borgan.





