Qozog`iston O`zbekiston va Rossiya bilan chegarada 12 ta avtomobil o`tkazish punktini ochmoqda, deya xabar bermoqda Sputnik O`zbekiston sayti.
Unga ko`ra, 12 iyuldan boshlab quyidagi punktlar o`z ishini qayta tiklaydi:
Rossiya bilan chegarada: "Kondibay", "Akbalshik", "Qizil Jar", "Naiza", "Jezkent", "Baitanat", "Koyanbay", "Orda", "Shagan", "Karashatau".
O`zbekiston bilan chegarada: “Selinny” (O`zbekiston tomonidan “Oq oltin”) va “Sirdaryo” (O`zbekiston tomonidan “Malik”).






