AsosiyDunyo

AQSh O`zbekistonni sanksiyalangan tovarlar olib o`tiladigan davlatlar ro`yxatiga kiritdi

'AQSh O`zbekistonni sanksiyalangan tovarlar olib o`tiladigan davlatlar ro`yxatiga kiritdi'ning rasmi

AQSh Moliya vazirligi O`zbekistonni sankiyalangan tovarlar Rossiya va Belarusga olib o`tilishi mumkin bo`lgan davlatlar qatoriga kiritdi, deya xabar bermoqda Bugun.uz sayti.

Ta`kidlanishcha, O`zbekiston bilan bir qatorda Gruziya, Armaniston, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozog`iston, Meksika, Nikaragua, Serbiya, Singapur, Janubiy Afrika, Tayvan, Tojikiston, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirg`iziston ham Rossiyaga sanksiyalangan tovarlarni jo`natish uchun “transport punktlari” deb atalgan.

Shu bilan birga, tavsiyalarda nazorat qilinadigan tovarlar qonuniy ravishda ushbu davlatlarga xom ashyo sifatida eksport qilinishi mumkinligi, biroq ba`zi hollarda ularni "qo`shimcha yuk tashish punktlari hisobiga" Rossiya yoki Belarusga eksport qilish taqiqlanishi keltirilgan.

Sanoat va xavfsizlik byurosi harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo`lgan alohida "tashvishli tovarlar"ga quyidagilarni kiritgan: samolyot qismlari, gidroakustik tizimlar, antennalar, spektrofotometrlar, sinov uskunalari, GPS tizimlari, vakuum nasoslari, neft konlari uskunalari.

    Boshqa yangiliklar