Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`yicha departamenti 2022 yil noyabriga qadar dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga ko`payishini ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, 2020 yilda dunyo aholisining o`sish sur`ati 1950 yildan beri birinchi marta yiliga 1 foizdan pastga tushib ketgan. Tashkilot ekspertlarining hisob-kitoblariga ko`ra, 2030 yilga borib aholi soni 8,5 milliard kishiga, 2050 yilga borib 9,7 milliard kishiga, 2100 yilga kelib esa 10,4 milliard kishiga etishi mumkin.
Shu bilan birga, o`sish iqtisodiyoti qoloq mamlakatlar hisobiga sodir bo`ladi. 2050 yilga kelib, prognoz qilingan o`sishning yarmidan ko`pi Kongo, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniyada to`planadi. Amaldagi etakchilarda qiziqarli o`zgarishlar ro`y beradi: 2027 yilga borib Hindiston aholi soni bo`yicha Xitoydan o`zib ketadi.






