AsosiyDunyo
7391

Parij olov ichida qoldi: bir tunda 12 ta mashina yoqildi

Parij yaqinidagi Val-d Uaz shahri olov ichida qoldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Shaharda bir necha binoga o`t qo`yilgan, ko`chada turgan 12 ta avtomashina yoqib yuborilgan. Jinoyatchilar 50 kishidan iborat bo`lgan. Jandarm ularni ertalabgacha tutishga harakat qilgan.

Tartibsizlik chiqishiga polisiya mahkamalaridan birida qora tanli yigitning  o`ldirilganligi haqidagi xabar sabab bo`lgan. Uni akasining qonunbuzarligi yuzasidan so`roq qilish uchun polisiya mahkamasiga olib kelishgan. Qarindoshlarning ma`lumot berishicha, polisiyachilar yigitni o`lguncha kaltaklashgan. Ammo sudmedekspertizaning xulosasiga ko`ra, yigitning jasadida jarohat izlari aniqlanmagan.

Boshqa yangiliklar