AsosiyJinoyat

Aeroport hududida «marixuana» giyohvandlik moddasi bor fuqaro qo`lga olindi

Joriy yilning 10 iyul kuni Buxoro viloyati IIB Transportda XTB JQB hamda DXX xodimlari bil...

'Aeroport hududida «marixuana» giyohvandlik moddasi bor fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 10 iyul kuni Buxoro viloyati IIB Transportda XTB JQB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda «Buxoro xalqaro aeroporti» hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, aeroportning avtomashinalar o`tish yo`lida, 1963 y.t. Buxoro shahar A.G`ijduvoniy ko`chasida yashovchi M.O. o`ziga tegishli bo`lgan «Damas» rusumli avtomashinasi to`xtatilib ko`zdan kechirilganda, haydovchi o`tiradigan o`rindiqning o`ng yon tomonida qora rangli sellofan paket ichida 9 dona gugurt qutilari ichida EKBning xulosasiga ko`ra 42,43 gr. «Marixuana» giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida fuqaro M.O. ushbu giyohvandlik moddalarini o`ziga oldindan tanish bo`lgan 1963 y.t. Qiziltepa tumani "Jokikon" MFYda yashovchi O.K.dan oldindan 100 000 so`m berib olganligi, va keyinchalik kelishuv asosida qolgan pullarni berishga kelishganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar