Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda kelin o`z eri va yaqinlari tomonidan bog`lab qo`yib vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 iyul kuni soat taxminan 23:30 larda Yakkabog` tumani “Yangihayot” MFYda yashovchi Yu.E., Yu.B., Yu.R. va Yu.X. kelin Q.M. fuqaro Yu.X. bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurganligidan g`azablanib, uning oyoq-qo`lini bog`lab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qo`l-oyoqlari va qamchi bilan muttasil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati etkazishgan.
Oqibatda Q.M. tan jarohati olib, Yakkabog` tumani Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog` tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro Yu.E., Yu.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.