AsosiyDunyo

​Pandemiya nega kuchaymoqda?

'​Pandemiya nega kuchaymoqda?'ning rasmi

So`nggi haftalarda dunyoda koronavirusga chalinish holatlari keskin oshmoqda. Mutaxassislar buni “omikron” shtammining o`ta yuqumli hisoblangan VA.4 va VA.5 subvariantlari keng tarqalishi bilan izohlayapti.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus dunyodagi epidemiologik vaziyat haqida to`xtalar ekan, SOVID-19ni kuzatish tobora qiyinlashayotganini ta`kidladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati yozmoqda.

Chunki keyingi paytlarda SARS-CoV-2 viruslarining genetik tahlili keskin kamaygan. Ushbu ma`lumotlarsiz kichik shtammlarning tabiati va kasallikning kechishini baholash imkonsiz.

Qolaversa, aksariyat mamlakatlarda pandemiyaga qarshi kurash jarayoni sezilarli darajada susayib ketgan. Karantin qoidalari to`liq amalda emas. Boz ustiga, odamlar emlanishga e`tiborsiz qaramoqda.

Vaholanki, vaksinalar millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldi. Shunga qaramay, hukumatlar xavf guruhiga mansub aholi qatlamining buster doza bilan emlanishini etarli darajada nazorat qilmayapti.

Shuningdek, boshqa xavfli kasalliklar, chunonchi, qizamiq va pnevmoniyaga qarshi vaksinalarning qo`llanilishi ham talab darajasida emas!

JSST rahbari Marburg virusi xavfi xususida ham gapirdi. Uning qayd etishicha, ushbu infeksiya og`ir gemorragik isitmani keltirib chiqaradi. Eng yomoni, xastalikka chalinganlarning yarmi virus asoratlari tufayli hayotdan ko`z yumishi mumkin.

Senegal davlatida hozirgacha mazkur infeksiyani yuqtirish bilan bog`liq ikkita holat aniqlandi. Ayni paytda mahalliy hukumat bilan birgalikda epidemiyaning oldini olish choralari ko`rilyapti.

Bundan tashqari, maymun chechagi keng tarqalishda davom etmoqda. U bugungacha 63 mamlakatda ro`yxatga olindi. Kasallik tasdiqlangan jami bemorlar soni esa 9200 nafarga etgan.

JSSTning Favqulodda qo`mitasi mazkur xastalikning ehtimoliy mutasiyalari ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Uning natijalariga ko`ra, maymun chechagiga qarshi global chora-tadbirlar belgilanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar