2022 yil 12 iyul kuni Moskva shahrida O`zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiya Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi raisi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, V.Norov Hamdo`stlik xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish uchun zarur platforma bo`lgani va bo`lib qolayotganini ta`kidladi.
Tomonlarning Hamdo`stlik doirasida o`zaro manfaatli sohalarda faol hamkorlik qilishga tayyorligi tasdiqlandi.
Bo`lajak tadbirlarning turli jihatlari, jumladan, MDH tashqi ishlar vazirligining navbatdagi majlisini O`zbekistonda o`tkazish masalalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
MDH ijroiya qo`mitasi raisiga O`zbekistonda Konstitusiyaga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarning muhokamasi, ushbu islohotlarning ustuvor yo`nalishi inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni va qadr-qimmati, ajralmas huquq va manfaatlari eknalgi to`g`risida ma`lumot berildi.