Dunyoning bir qator davlatlarida International Champions Cup norasmiy futbol musobaqasi davom etmoqda.
Bugun, 25 iyul kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida Angliyaning ikki Manchester klubi — “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” o`zaro kurash olib borishi rejalashtirilgandi.
Biroq Pekindagi noqulay ob-havo tufayli o`yin noma`lum muddatga qoldirildi. Bu haqda mankunianlarning rasmiy "Tvitteri" orqali ma`lum qilindi.
Uchrashuvning qachon o`tkazilishi borasida keyinroq ma`lumot beriladi.





