Ispaniyaning Ibisa orollarida hordiq chiqargan “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi jamoa qarorgohiga qaytib, barchani hayron qoldirdi.
Gap shundaki, argentinalik futbolchi sochini malla rangga bo`yadi. Bu ko`pchilikni hayratga solibgina qolmay, ba`zilarning kulgusiga ham sabab bo`ldi.
Ayni damda 29 yoshli futbolchi yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.