Ispaniyaning “Barselona” klubi 2015/16 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotni taqdim qildi. Unga ko`ra, kataloniyaliklar rekord qiymatda – 679 million evro daromad ko`rdi.
Soliqlar to`lab bo`lingach, sof foyda 29 million evroni tashkil etdi. Rejaga ko`ra, 2021 yilga kelib “Barselona”ning yillik daromadi 1 milliard evroni tashkil qiladi.
Ta`kidlash joiz, klubning direktorlar kengashi Qatar Airways kompaniyasi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish taklifini ma`qulladi.





