1

Mirziyoev Qirg`izistondagi yig`ilishda Qoraqalpog`istondagi voqealarga to`xtaldi

Siyosat 21.07.2022, 14:47
Mirziyoev Qirg`izistondagi yig`ilishda Qoraqalpog`istondagi voqealarga to`xtaldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to`rtinchi maslahat uchrashuvida nutq so`zladi va Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo`lga qo`yish taklifini bildirdi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Ekstremizm va terrorizmning an`anaviy tahdidlari, uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishimiz zarur.

Afsuski, O`zbekistonda so`nggi paytlarda ro`y bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzishga, mintaqamizga tartibsizlik va beqarorlik sepishga urinayotgan buzg`unchi kuchlar mavjudligini yana bir bor tasdiqladi. 

Shu munosabat bilan biz mintaqa davlatlarining xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining ushbu sohalarning barchasi bo`yicha muntazam maslahatlashuvlarini yo`lga qo`yish taklifini qo`llab-quvvatlaymiz”, deydi O`zbekiston Prezidenti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1