Joriy yilning 25-28 iyul kunlari tog`larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyati tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha: So`x, Farg`ona tumanlarida va So`x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga tayanib, FVV xabar bermoqda.
"Tog`li va tog`oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`raymiz", - deyiladi xabarda.






