AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari juda issiq bo`ladi — "O`zgidromet"

'Dam olish kunlari juda issiq bo`ladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorolgiya xizmati xabariga ko`ra, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Ushbu kunlarda harorat foni iqlimiy me`yorlardan 5-7 darajaga yuqori bo`ladi. Kunduzi havo harorati 40-45 daraja atrofida, janubda va cho`l zonalarida ba`zi joylarda 47 darajagacha bo`lishi kutilmoqda. 

Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

 

    Boshqa yangiliklar