“Manchester Yunayted” klubining germaniyalik yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlaganini ma`lum qildi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
Tajribali Bastian so`nggi bor terma jamoasi safida Fransiyaga qarshi (0:2) Evro–2016 musobaqasining yarim finalida maydonga tushgandi. U mamlakat termasi safida jami 140 ta uchrashuv o`tkazan.
“Unutilmas lahzalar uchun minnatdorman!” – dedi Shvaynshtayger.
Ma`lumot uchun, 31 yoshli yarim himoyachi 2004 yildan buyon terma jamoada to`p surib kelgandi. U Germaniya bilan JCh–2014 g`olibi, Evro–2008 musobaqasi kumush medali sovrindori bo`lgan.
Futbolchi Germaniya terma jamoasiga JCh–2018 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qoldi.





