Bugun, 27-iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida tuman FV bo`limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda "Chig`anoq" mahallasi hududidan oqib o`tuvchi "Sirdaryo" daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini ko`rib qoladi va darxol qutqaruvchi Olimjon Tulanboev suvga sho`ng`ib bolakayni qutqarib, olib chiqqan.
Hozirda bolakayning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.
Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho`milish qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.
Hurmatli fuqarolar farzandlaringizni kanal va tezoqar daryo o`zanlari hamda ta`qiqlangan suv xavzalarida cho`milishlariga yo`l qo`ymang.