AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda o`tkazilgan to`yda kuyovning jo`rasi pichoqlandi

'Qashqadaryoda o`tkazilgan to`yda kuyovning jo`rasi pichoqlandi'ning rasmi

Nishon tumani “Kaptarli” mahalla fuqarolar yig`inida mudhish jinoyat sodir etildi. Shu mahallada yashovchi jiyanining nikoh to`yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi X.E. yarim tunda tort kesish tadbirida ko`yovning jo`rasi X.J. bilan janjallashib qoladi.   

Jahl kelsa, aql ketadi deganlaridek, X.E. spirtli ichimlik ta`sirida oshxonadan pichoq olib chiqib, X.J.ning chap ko`krak qismiga sanchib, tan jarohati etkazgan.

Kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olishga bag`ishlab o`tkazilgan muhokamada mahalla faollarining to`yni vaqtida boshlab tugatishga e`tiborsizlik qilgani, spirtli ichimliklar dasturxonga ko`p qo`yilgani yuqoridagi jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo`lganini ta`kidlandi.

 Qolaversa, mahalla faollari, fuqarolar o`rtasida bu turdagi jinoyatlarni oldini olish, to`y va boshqa marosimlarni o`tkazishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaslik, yarim tungacha tantanalarni davom ettirmaslik, qoidaga bo`ysunmaganlarga qonunlardan belgilangan tartibda tegishli choralar ko`rish hamda  profilaktik targ`ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish, mahallada yashovchi fuqarolarni bandligini ta`minlash bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi mas`ullarga tushuntirildi.

Holat yuzasidan Nishon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar