Hukumat qarori bilan nogironligi bo`lgan yoshlarga subsidiya ajratishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlangan.
Reglamentga ko`ra, ularga subsidiyalar nodavlat ta`lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta`lim fanlari va xorijiy tillarni o`rganish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
Mablag`lar BHMning 50 baravarigacha (15 mln so`mgacha) beriladi.
Eslatib o`tamiz, subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun – 2022 yil 1 avgustdan, 2023 yildan boshlab har yili – 10 yanvardan qabul qilinadi.






