AsosiyJinoyat

Yangi Namangan tumanida 2,8 mlrd so`mlik uskunalarni sotib yuborgan MChJ rahbari aniqlandi

'Yangi Namangan tumanida 2,8 mlrd so`mlik uskunalarni sotib yuborgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “N.s.” MChJ rahbari A.S. ishlab chiqarish faoliyatini yo`lga qo`ymasdan, bank filialidan ajratilgan 2,8 mlrd so`m kredit mablag`i evaziga xarid qilingan temir beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uskunalarni sotib yuborib, kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar