1

Surxondaryoda 66 yoshli fuqaro qarindoshini o`ldirish uchun "killer" yolladi

Jinoyat 28.07.2022, 14:18
Surxondaryoda 66 yoshli fuqaro qarindoshini o`ldirish uchun "killer" yolladi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 66 yoshli M.A. o`z qarindoshini gumdon qilish uchun termizlik A.B.ga murojaat qildi va o`zining tengdoshi bo`lgan qarindoshini o`ldirib berish evaziga unga 50 million so`m va`da qilgan. Bu haqda UzA yozmoqda.

Ma`lum qilinishicha, o`zganing qo`li bilan amalga oshirilishi kerak bo`lgan jinoyat rejasining “umri” uzoqqa cho`zilmadi.

Joriy yilning 24 iyul kuni DXX Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat prokuratura tezkor xodimlari hamkorligida Denov tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda M.A. oldindan kelishilgan puldan 1,8 million so`mni “killerga” berayotgan vaqtda jinoyat ustida qo`lga olinadi.  

Hozirgi vaqtda o`z hayotini detektiv kinolarga aylantirmoqchi bo`lgan M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Holat bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1