AsosiyJinoyat

Navoiyda korxona rahbari millionlab subsidiya mablag`larini o`zlashtirib yubordi

'Navoiyda korxona rahbari  millionlab subsidiya mablag`larini o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Konimex tumanida 109,2 mln so`m subsidiya mablag`ini o`zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departametning Konimex tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.A.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari O`.T. fuqarolarni ish bilan ta`minlash maqsadida ajratilgan jami 109,2 mln so`m subsidiya mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar