AsosiyDunyo
4748

Xillari Klinton mashhurlik bo`yicha etakchilikni qo`lga kiritdi

Xalqaro Ipsos ijtimoiy markazi hamda Reuters agentligi tomonidan o`tkazilgan yangi umummilliy so`rov natijasiga ko`ra, Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton o`zining respublikachi-raqibi Donald Trampdan mashhurlik bo`yicha o`zib ketdi.  

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, 41 foiz so`rovda ishtirok etganlar o`zlarining ovozlarini Klintonga berishga tayyor, Trampni 35 foiz respondent qo`llab-quvvalamoqchi, deya xabar beradi TASS. Natijada AQSh tarixida ilk ayol nomzod milliarderdan 6 foizga o`zib ketmoqda.

Ushbu hafta boshida Donald Tramp mashhurlik bo`yicha etakchi bo`lgan: uni 39% respondentlar, Klintonni esa 37 foiz respondentlar qo`llab-quvvatlashga tayyor bo`lgandi.

Xillari Klintonning mashhurligi rasman mamlakat prezidentligiga nomzodi tasdiqlanganidan so`ng AQSh Demokratik partiyasining milliy s`ezdi yakuniga ko`ra ortdi.

Boshqa yangiliklar