AsosiySport

Beyl sevgan qiziga turmushga chiqish taklifini aytish uchun 450 ming evroga orolni ijaraga oldi

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl sevgilisi Emme Ris-Jonsga unga turmushga chiqish taklifini bildirish uchun Ispaniyaning Tagomago orolini 450 ming evro evaziga ijaraga oldi. Bu haqda AS nashri ma`lum qildi.

Uelslik futbolchi ikki hafta oldin unashtirilgan edi. Shunga qaramay, u rasmiy tarzda taklif bildirish marosimini o`tkazdi. Ayni damda juftlik ikki nafar qizaloq – uch yashar Alba Violetta va 5 oylik Nava Valentinani katta qilmoqda.

Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Garet Beylning yillik daromadi qariyb 19 million evroni tashkil etadi. 

Boshqa yangiliklar