AsosiyDunyo

Turkiyaning geografik ro`yxatida turuvchi oltita mashhur hududlarini bilasizmi?

'Turkiyaning geografik ro`yxatida turuvchi oltita mashhur hududlarini bilasizmi?'ning rasmi

To`rt tomoni tabiat bilan o`ralgan, atrof-muhit bilan uyg`un va barqarorlikka yangiyondashuvni taqdim etuvchi Turkiya uzoq vaqtdan beri o`zining so`lim tabiati, boy oshxonasi vatarixni aks ettiruvchi qadimiy shaharlaribilan sayyohlar orasida mashhurdir.

Hozirgi kunda mamlakat tashrif buyuruvchilarga yoz oylari uchun yangi mashg`ulotlarni taklif qilmoqda.

Ochiq havoda piknik qilish ayniqsa, olomondan qochish va tabiat bilan hamnafas bo`lishni istagan sayohatchilar uchun ayni muddaodir. Turkiyada piknik va «glamour» va«kamp» so`zlarining biri kishidan hosil bo`lgan va ochiq havoda dam olish bilan bir qatordamehmonxona hashamatlarini qidirayotganlar orasida mashhur bo`lgan «glamping» maydonlarining xilma-xilligi kattalar ham, bolalar ham ushbu imkoniyatdan zavqlanishlarinita`minlaydi.

Turkiyadagi oltita eng mashhur piknik vaglamping manzillari quyida keltirib o`tamiz:

Kabak ko`rfazi-Fethie, Mug`la

O`rta Er dengizining markazida joylashganKabak ko`rfazi o`z chodirida yoki glamping maydonida dengiz-qum-quyosh uchligidan bahra olishni xohlaydiganlar uchun ajoyib tanlovdir.

Mug`laning Fethie tumanidagi bu sokinko`rfaz, yam-yashil tabiati va tiniq feruza suvlari bilan sayyohlarni o`ziga jalb qiladi. Kabak ko`rfazi aslida, Turkiyaning uzoq masofali piyoda marshruti bo`lgan Likiya yo`lidagi bekatlardan biri hisoblanadi.

Trekking marshrutlari tashrif buyuruvchilarni qadimiy Likiya qirolligining eng muhim markazlariga, so`ngra Kabak ko`rfaziga olib boradi. U erda siz, chodir qurib, mavjlanayotgan suvlarda cho`milib rohatlanishingiz mumkin.

Faralya - Fethie, Mug`la

Faralya, Turkiyaning musaffo dengiz qirg`oqlari va jozibali ko`rfazlari bilan mashhur dam olish maskani bo`lib, hashamat va tabiatni birlashtirgan glamping markazlari bilan mashhurdir.

Faralyadagi glamping maydonlarida lyuks darajadagi mehmonxonalardagidan ham ko`proq qulayliklar mavjud bo`lib, ular yog`ochdan yasalgan uychalar va mahalliy taomlarni taqdim etuvchirestoranlarga ega.

Kapalaklar vodiysi-Fethie, Mug`la

Bu hududda yashaydigan 80 dan ortiq kapalakturlaridan nomini olgan Kapalak vodiysi tashrif buyuruvchilarni jannatmonand muhitga etaklaydi.

Kampga chiquvchilar balandligi 350 metrgachabo`lgan tik qoyalar bilan o`ralgan bu yam-yashil vodiyda chodir qurishlari, sharsharaning jozibador ohanglaridan bahramand bo`lishlarimumkin.

Kapadokiya, Nevshehir

Paleolit davriga oid “Spellbinding Cappadocia” dunyodagi eng hayajonli landshaftlardan biri bo`lib, bu erda kamplarda ajoyib tarzda dam olish mumkin.

“Pari bajalari” deb nomlanuvhsi maftunkor ustunlar, sirli er osti shaharlari va mahalliy lazzatlari bilan mashhur bo`lgan bu o`ziga xos mintaqada ko`plab lagerlar joylashgan bo`lib, ularning aksariyati Goreme ochiq osmon ostidagi muzey, Ashiklar vodiysi va Avanos qishlog`i kabi muhim joylarga yaqinligi bilan ham sayyohlarni o`ziga jalb qiladi.

Kapadokiyada ziyoratchilar o`z chodirlarida peribajalariga qarab uxlashlari va osmonda«suzayotgan» havo sharlari manzarasida uyg`onishlari mumkin.

Edigo`ller milliy bog`i, Bolu

Bolu viloyati hududida joylashgan va yam-yashil Qoradengiz o`rmonlari keng ko`llarni o`rab turgan“Edigo`ller milliy bog`i” yovvoyi tabiat va sokin muhitni izlayotganlar uchun ideal joy.

O`zining ettita ko`li bilan mashhur ushbu tabiat mo``jizalari bog`ida dam oluvchilar ko`l bo`yida chodir qurishlari mumkin.

Ig`neada toshqin o`rmonlari milliy bog`i, Qirklareli

Ig`neada Floodplain Forests Milliy Parki Turkiyadagi eng yirik glamping markazlaridan birini o`z ichiga oladi.

Biologik xilma-xillikka boy mazkur hududda 670 turdagi o`simlik va 194 turdagi qushlar yashaydi. Bu er shuningdek, tabiatni qulaylikdanmahrum qilmasdan his qilishni xohlaydiganlaruchun turfa qulayliklarni taqdim qiladi.

Parkdagi yog`och uylar kamp quvonchini mehmonxona qulayligi bilan birlashtiradi.

    Boshqa yangiliklar