O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev «Xalqlar do`stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to`g`risida»gi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, mamlakatda millatlararo do`stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o`rtasida o`zaro hamjihatlik, bag`rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an`analarni saqlash hamda rivojlantirishga qo`shgan munosib hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlangan:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
- Usmanov Nail Kayumovich - Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining gidromeliorativ ishlarni mexanizasiyalash kafedrasi dosenti;
- Sharofidinov Suvxidin - So`x tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Farg`ona viloyati;
«Do`stlik» ordeni bilan
- Avazov Ergash Xidirberdievich - Respublika turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati bo`limi raisi;
- Adjiosman Zakir Sabrievich - Toshkent shahridagi «Avdet» qrim-tatarlar milliy madaniy markazi raisi o`rinbosari;
- Adilbaev Janabay - Qorao`zak tumanidagi «Quralpa» ovul fuqarolar yig`ini raisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi;
- Blumxardt Aleksandr - Knauf kompaniyasining MDH davlatlari bo`yicha hamkor boshqaruvchilari bosh vakili;
- Veysalov Rasul Latifovich - Sirdaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati;
- Volodin Andrey Yakovlevich - O`zbekiston rus milliy madaniy markazining Namangan viloyati bo`limi raisi;
- Gechu Sergey Viktorovich - «O`zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2-navli prokat sexi elektr uskunalarini ta`mirlash ustasi, Toshkent viloyati;
- Evtushenko Olga Anatolevna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi «Alternativa kommunal plus» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi, Toshkent shahri;
- Yog`mirov Davlat Cho`lievich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisi o`rinbosari;
- Iskenderov Usen Mutalipovich - O`zbekiston uyg`ur milliy madaniy markazi raisi;
- Kim Antonina E-Senovna - O`zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Xorazm viloyati hududiy bo`linmasi raisi;
- Kulieva Minsilu Mavletbaevna - Toshkent shahri boshqird milliy madaniy markazining boshqird-tatar guruhi xonandasi, shoira;
- Li Xiangrun - Samarqand shahridagi «Azia Metall Prof» mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Samarqand viloyati;
- Mamedov Eldar Kismir-o`g`li - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a`zosi;
- Miller Valentina Aleksandrovna - «Wiedergeburt» O`zbekiston nemis milliy madaniy markazining Farg`ona viloyati bo`limi raisi;
- Mityuleva Valentina Vadimovna - «Gidroproekt» aksiyadorlik jamiyatining gidrotexnika bo`limi boshlig`i, Toshkent shahri;
- Nazilov Dodo - Respublika tojik milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a`zosi;
- Narinbetov Turexan Kanatovich - O`zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo`limi raisi;
- Nosirov Obidjon Xamidovich - O`zbekiston qirg`iz milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo`limi raisi;
- Ragimova Mexriban Ziyadxan qizi - Mirobod tumanidagi «Temir yo`lchilar» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Toshkent shahri;
- Xaimov Mier Raxmanovich - G`allaorol tumanidagi «G`allaorol kaliy fosfat» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari,Jizzax viloyati;
- Shelyakina Lyudmila Konstantinovna - Toshkent shahridagi The Big Smart Trade mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi;
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
- Aslanova Elena Yurevna - Samarqand viloyati gimnastika bo`yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabining katta murabbiysi;
- Monich Nadejda Moiseevna - «Svetlisa polska» O`zbekiston polyak milliy madaniy markazining Buxoro viloyati bo`limi raisi o`rinbosari;
«Shuhrat» medali bilan
- Qalandarova Matluba Xamidovna - Do`stlik tumanidagi «Manaslik chevarlar» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati;
- Musabekov Baxtiyar Tursunbaevich - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «O`zbekiston» lokomotiv deposi chilangari, Toshkent viloyati;
- Tleumuratov Kuanishbay Bazarbaevich - Uzbekistan GTL mas`uliyati cheklangan jamiyatining sintetik gaz ishlab chiqarish sexi boshlig`i;
- Soy Lyusiya Andreevna - O`zbekiston davlat simfonik orkestrining oliy toifali orkestr artisti.






