2022 yilning 29 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Bektemir tumani, Istiqlol ko`chasida, haydovchi 2002 yilda tug`ilgan Sh.X. “Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi 01 R 419 DB bo`lgan avtomashinasini boshqarib ketayotib, haydovchi 1992 y.t., D.D. boshqaruvidagi “ Howo” rusumli, davlat raqam belgisi 01 599 TGA yuk avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra: “Matiz” avtomashinasi haydovchisi belgilangan tezlikni me`yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo`qotganligi sababli qarama–qarshi yo`nalishga chiqib ketib o`z yo`nalishida harakatlanib kelayotgan «Howo» rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashgan.
YTH natijasida “Matiz” avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. .






