Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda IIB xodimi voyaga etmagan fuqaro bilan qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqaldi.
Suhbat davomida xizmatdagi shaxs fuqaroga bosim qilgani va qisman qo`rqitgani aks etgan. Holatga IIV matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 24 iyul kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani M.Ashrafiy ko`chasida fuqaro bilan kasb etikasiga noloyiq muloqotda bo`lgan Yashnobod tumani PPX inspektori B.Xasanovning harakatlari intizomiy tartibda o`rganilmoqda. Holatga huquqiy baho beriladi.






