31 iyul, yakshanba kuni kechqurun Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich murojaat qilib, fuqarolarni Kosovo Respublikasidan yaqinlashib kelayotgan hujum haqida ogohlantirdi. Unga ko`ra, Kosovo qurolli kuchlari shimoliy yo`nalishdan zarba tayyorlamoqda. U "Kosovoni tan olgan yirik davlatlar vakillarini" mojaroga aralashishga va Kosovo hukumatini to`xtatishga chaqirdi.
Serbiyaning Vecherne novosti portali Kosovo harbiy va og`ir texnika bo`linmalari o`zini o`zi e`lon qilgan respublika poytaxti Prishtinadan shimolga ko`chib o`tganini xabar qildi.
"Men serblarga ham, albanlarga ham murojaat qilaman: tinchlikni saqlang. Atmosfera qaynab ketdi, serblar bundan ortiq shafqatsizlikka chidamaydi, men ularning oldida tiz cho`kib, yolvordim, oxiri menga va`da berishdi", dedi prezident.
Kosovo polisiyasi Serbiya bilan chegarada otishma sodir bo`lganini xabar qildi
31 iyul kuni manbalar Kosovo-Serbiya chegarasida Serbiya armiyasi va o`zini o`zi e`lon qilgan Kosovo Respublikasi polisiyasi o`rtasida to`qnashuvlar yuz bergani, natijada odamlar jarohatlangani haqida xabar bergan. Biroq, keyinroq Serbiya Mudofaa vazirligi bu ma`lumotlarni rad etib, Prishtinada dezinformasiya ataylab tarqatilganini ta`kidladi. Xuddi shunday bayonot bilan Kosovo hukumati ham to`qnashuvlar qurbonlari haqida ma`lumotlarga ega emasligini ta`kidladi.






