O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, ushbu haftada O`zbekistonda kuchli issiq kutilmaydi.
Qayd etilishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Havo harorati kunning ikkinchi yarmida 34-37o gacha ko`tariladi.
Ertaga Samarqand, Jizzax viloyatlari va respublika tog` oldi va tog`li hududlarining ba`zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
1-2 avgustda janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Hafta o`rtasidan O`zbekiston hududining katta qismida havo ochiq bo`ladi, faqat respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.
Havo harorati biroz ko`tariladi va kechalari 20-25o, kunduz kunlari 34-39o atrofida bo`ladi.
1 avgustda tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshkin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






