AsosiyShou-biznes

“Aldagani quda yaxshi” — premerasi bir yilga kechikkan film(Foto)

Bugun, 1 avgust kuni rejissyor Naufal Sulaymonov tomonidan suratga olingan “Aldagani quda yaxshi” oilaviy komediyasi premerasi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Taqdimot arafasida “Daryo” nashri film rejissyori bilan suhbat uyushtirdi.

— “Aldagani quda yaxshi” oilaviy kinokomediyasining g`oyasi, qisqacha mazmuni haqida so`zlab bersangiz.

— Filmda hozirgi yoshlarimizning oilaviy hayotga nisbatan mas`uliyatsizligi, yolg`onchilik oqibatida kelib chiqadigan muammolarni kulgu yo`li bilan ko`rsatishga harakat qilganmiz. Unda Muhammadiso Abdulxairov, Sevara Solieva, Zuhra Solieva, Asqar Hikmatov, Umid Shodmonov, Gulchehra Nosirova singari aktyor-aktrisalar bosh rollarni ijro etgan.

— Ko`plab rejissyorlar yozda premera o`tkazishdan qochadi. Siz premera qilishga qo`rqmayapsiz, buning sababi nima?

— Sabablari ko`p. Birinchidan, film tayyor bo`lganiga bir yildan oshdi, ammo premera kechikib ketdi. Ikkinchidan, biz ham premerani kuzda tashkillashtirmoqchi edik, ammo 1 avgust kuniga to`xtaldik. Uchinchidan, bu birinchi filmim bo`lgani sababli qandaydir hayajon ham ta`sir qilgan bo`lsa kerak.

Film premerasi nima sababdan bir yilga kechikdi?

— Film «O`zbekkino» qoshidagi Badiiy kengashda juda uzoq turmadi — boshqa kinokartinalar premerasiga qancha vaqtda ruxsat berilsa, bizga ham shuncha vaqtda ruxsat tekkan edi. Kechikishga esa o`zimiz, ijodiy jamoamizning shoshmasdan harakat qilgani sabab bo`ldi, deb o`ylayman.

Boshqa yangiliklar