Ikki Muqaddas Haram masjidlari rahbariyati idorasining ma`lum qilishicha, yangi hijriy sana boshlanishi munosabati “Ka`bapo`sh – Kisva” shanba kuni yangisiga almashtiriladi. Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati yozdi.
As-Sudays Saudiya Arabistoni rahbariyatining Ka`bani asrab-avaylashga katta e`tibor qaratayotganini ta`kidladi.
Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka`bapo`sh – Kisva” majmuasida turli bo`limlarda, jumladan, bo`yash va avtomatik to`qish, qo`lda to`qish, bosmalash, tikish va yig`ish bo`limlari hamda Ka`ba kamari va oltin bo`limida 200 ga yaqin hunarmand va ma`murlar mehnat qildi.
Tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo`lgan, kompyuter tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.
“Ka`bapo`sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo`yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanildi.
O`MI Xalqaro aloqalar bo`limi






