Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborining chap qirg`og`ida joylashgan «Chorvoq oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani sotilganini ma`lum qildi.
Xabar berilishicha, davlat tender komissiyasining tegishli byoni qaroriga asosan Bo`stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani bo`yicha 208 mlrd so`m bo`lgan xarid to`lovlarini amalga oshirish to`g`risida “Vip Logistics” MChJ QK tomonidan taqdim etilgan takliflar eng yaxshi taklif sifatida e`tirof etilib, savdo g`olibi deb topildi.






