AsosiyJinoyat

Andijon va Buxoroda "prava" olib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi

'Andijon va Buxoroda "prava"  olib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.E. boshqa bir fuqaro F.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro A.H.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 350 AQSh dollari olganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar