AsosiySport

Argentina terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

“San-Paulu” klubining sobiq ustozi Edgardo Bausa Argentina terma jamoasiga bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Goal.com portali ma`lum qilmoqda.

58 yoshli argentinalik mutaxassis faoliyati davomida Ekvadorning “LDU Kito” va Argentinaning “San-Lorenso” klublarida ishlagan. Edgardo Bausa boshqargan klublar ikki marta Libertadores Kubogin sohibiga aylangan.

Ma`lumot uchun, Argentina termasining sobiq ustozi Xerardo Martino Amerika Kubogi–2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng iste`foga chiqqandi.

Avvalroq Diego Maradona Argentina terma jamoasini tekinga boshqarish istagi bor ekani haqida xabar qilgandik

Boshqa yangiliklar